Bu yerda hech kim yashirinmaydi. Qo'l ushlab yurish, ko'chada o'pishish, ilovalarda tanishish, klublarga borish mumkin. Mana senga kerak bo'lgan hamma narsa.
Tanishuv: ilovalar, Telegram-guruhlar va tuzoqlar
Savol bitta — «qayerda tanishaman?». Javob esa qayerda turganingga bog'liq: Toshkentda va Londonda geylar tanishuvi butunlay boshqacha ishlaydi. Bir joyda asosiy xavf — fosh bo'lish va tuzoq. Ikkinchi joyda — ko'pi bilan g'alati odamga duch kelish.
Tanishuv ilovalari ishlaydi, lekin shoshilma
Bu yerda gey bilan tanishish — oddiy narsa
Telegram-guruhlar: eng ko'p tuzoq shu yerda
«O'zbek geylar tanishuv tg» — eng ko'p qidiriladigan narsalardan biri. Guruhlar haqiqatan bor va ba'zan ular yagona yo'ldek tuyuladi. Lekin O'zbekistonda tuzoq aynan shu yerdan chiqadi: kimdir chiroyli profil qo'yadi, bir hafta yozishadi, «uchrashamiz» deydi — kelasan, u yerda seni bir necha kishi kutib turadi, telefoningni oladi, yozishmalar skrinshoti bilan pul so'raydi.
Guruh admini kim ekanini bilmaysan. Guruhda kim o'tirganini ham bilmaysan — u yerda tanishing ham, provokator ham bo'lishi mumkin. Faol yozishish — ochiq yurish bilan barobar. Intim tanishuv izlayotgan bo'lsang ham qoidalar o'zgarmaydi.
- Uchrashuvdan oldin qisqa video qo'ng'iroq — 20 soniya yetadi. Rad qilsa yoki «kamera buzuq» desa — ketaver.
- Birinchi uchrashuv faqat odam ko'p joyda: kafe, savdo markazi, park. Kvartira, mashina, hovli — yo'q.
- Yuzing ko'ringan surat va yalang'och suratni bitta odamga yuborma. Ikkalasi bir qo'lda bo'lsa — shantaj tayyor.
- VPN yoqilgan tursin. Telegram akkaunting asosiy raqamingga ulangan bo'lmagani yaxshi.
- Pasport, ID, haydovchilik guvohnomasi, talabalik guvohnomasi — hech qachon, hech kimga.
- Do'stingga yoz: kim bilan, qayerda, soat nechada. Uyga qaytganingda «yetib keldim» deb yoz.
Agar allaqachon tushib qolgan bo'lsang — to'lama va yolg'iz qolma. Qadamma-qadam nima qilish kerakligi bu yerda: meni shantaj qilishyapti. Va halol gap: O'zbekistonda militsiyaga borish o'zing uchun xavfli bo'lishi mumkin — Jinoyat kodeksining 120-moddasi hali ham kuchda, ariza bergan odam o'zi ayblanuvchiga aylanib qolgan holatlar bor. Qaror qilishdan oldin buni hisobga ol.
Trans odamlar uchun tanishuv
Trans yigitlar va qizlar umumiy guruhlarda ko'pincha fetish sifatida ko'riladi: «qiziqib» yozadiganlar ko'p, hurmat bilan yozadiganlar kam. Taimi va Feeld'da o'zingni qanday atashni o'zing tanlaysan, Tinder va Hinge'da ham gender belgilash bor. UKda trans-friendly kvir-kechalar bor — Dalston Superstore, The Divine. Va oddiy qoida: odamning o'zligi — fetish emas.
Lesbiyan tanishuv
Qizlarga ko'pincha qiyinroq: guruhlar kamroq, «tanishuv» deb atalgan joylarda erkaklar ko'p. HER — lesbiyan tanishuv uchun asosiy ilova, u yerda tadbirlar va qiziqish guruhlari ham bor. Taimi va Tinder filtrlari bilan ishlaydi. Londonda She Soho — qizlar uchun bar. Xavfsizlik qoidalari bir xil: video qo'ng'iroq, odam ko'p joy, hujjat va yalang'och surat yo'q. Qizlar uchun alohida xavf — militsiya emas, oilaga aytib qo'yish: uydagi bosim, sovchilar va majburiy nikoh haqida alohida hikoya bor — men lesbiyanman.
Ilovalar
Grindr
Scruff
Tinder
HER
Taimi
Hinge
Recon
Feeld
Qayerga borish mumkin — London
Old Compton Street va atrofi
Eagle London, Horse Meat Disco
Dalston Superstore, The Divine, Metropolis
Royal Vauxhall Tavern
Faqat London emas
Canal Street
Kemptown
Hurst Street
Edinburgh, Leeds, Bristol
Tadbirlar
Pride in London
Mighty Hoopla, BFI Flare, Fetish Week London
Xavfsizlik
Pasport va ID yuborma
Ommaviy joyda uchrash
Do'stingga qayerga ketayotganingni ayt
Galop
Ko'p so'raladigan savollar
Lesbiyankalar uchun qanday ilovalar bor?
HER — lesbiyankalar va bi-qizlar uchun asosiy ilova. Yana Taimi va Tinder filtrlari bilan. Hammasi UK'da bemalol ishlaydi.
Xavfsiz tanishish uchun nima qilish kerak?
Ommaviy joylarda uchrash, hujjatlar va yuzing ko'ringan intim fotolarni yuborma. Agar skrinshot bilan qo'rqitsa — to'lama, mana nima qilish kerak.
Telegram'dagi gey tanishuv guruhlari xavfsizmi?
Kafolat yo'q. O'zbekistonda tuzoqlarning ko'pi aynan shunday guruhlardan chiqadi: soxta profil, bir hafta yozishma, «uchrashamiz» — keyin skrinshot bilan pul so'rash. Uchrashuvdan oldin qisqa video qo'ng'iroq qil, faqat odam ko'p joyda uchrash, yuzing ko'ringan surat va yalang'och suratni bitta odamga yuborma.
Toshkentda gey bilan tanishish mumkinmi?
Ha, odamlar bor va tanishuv ilovalari ishlaydi. Faqat qoidalar qattiqroq: VPN yoqilgan tursin, ismingni, ishxonangni va hujjat suratingni hech kimga berma, birinchi uchrashuv faqat odam ko'p joyda bo'lsin.
Trans odamlar qayerda tanishadi?
Taimi va Feeld'da trans va non-binary uchun normal profil sozlamalari bor, Tinder va Hinge'da ham genderni belgilash mumkin. UK'da esa trans-friendly kvir-kechalar bor — Dalston Superstore va The Divine kabi joylar.
Интим танишув хавфлими?
Танишувнинг ўзи эмас — одамлар хавфли бўлиши мумкин. Ўзбекистонда тузоқларнинг кўпчилиги бир хил бошланади: сохта анкета, бир ҳафта илиқ ёзишма, «учрашамиз» — учрашувда эса скриншот билан пул сўрашади. Шунинг учун шошилма ва биринчи қадамдан ўзингни очиб ташлама. Агар шантаж бошланган бўлса — тўлама, мана нима қилиш керак.
Интим танишувда қандай эҳтиёт бўлиш керак?
Учрашувдан олдин 20 сониялик видеоқўнғироқ қил — рад қилса, ёзишмани тўхтат. Биринчи учрашув фақат одам кўп жойда бўлсин. Ҳужжатингни, иш жойингни ва уй манзилингни айтма, юзинг кўринган яланғоч сурат юборма — ҳеч кимга, ҳеч қачон. Қаерга ва ким билан кетаётганингни ишонган биттагина одамга ёзиб қўй. Ўзбекистонда бўлсанг — VPN ёқилган турсин.